2017 yilning 22 avgust kuni taxminan soat 08:00 larda, muqaddam Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonçilik) bilan sudlangan Z.V.V. özganing mulkini oçiqdan-oçiq ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Mirobod tumanida joylaşgan “Ipoteka” bankining yonida böla turib, fuqaro I.V.V.ning soğligi uçun xavfli bölmagan zörlik işlatib, unga tegişli bölgan «LG» rusumli uyali telefoni, “Ipoteka” banki tomonidan berilgan plastik kartasi va 560.000 söm miqdoridagi pullarini egallab olgan. Bu haqda Toşkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 3-qismi «a» bandi (talonçilik, ya'ni xavfli retsidivist tomonidan, soğliq uçun xavfli bölmagan zörlik işlatib, özganing mulkini oçiqdan-oçiq talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.