AQŞ va Qozoğiston örtasida energetika böyiça muntazam strategik muloqot yölga qöyiladi, deb ma'lum qildi AQŞ energetika vaziri örinbosari Den Bruyyett.
“Men vazir Bozumbayev bilan bugungi uçraşuvda hamkorligimizni mustahkamlaş va energetika böyiça muntazam strategik muloqotni yölga qöyiş böyiça kelişuvga kelganimizdan xursandman”, deb aytgan Bruyyett Qozoğiston energetika vaziri Kanat Bozumbayev bilan uçraşuvi natijalari böyiça jurnalistlarga bergan axborotida.
Bruyyettning ta'kidlaşiça, AQŞ va Qozoğiston “fuqarolik yadro energetikasini ilgari surişda birgalikda işlaydi”. Bu energetika turi xavfsizroq va atrofga tarqalişdan köproq himoyalangan.
“Men Bozumbayevni strategik muloqotni rasman yölga qöyiş uçun Vaşingtonga taklif qilaman. Biz u yerda 2018 va undan keyingi yillar uçun hamkorlikni kengaytiriş böyiça işlar rejasini tuzib çiqamiz”, deb aytgan Bruyyett.
Qozoğiston dunyoda uran işlab çiqaruvçi eng yirik davlatlardan biri hisoblanadi: 2016 yilda Qozoğiston olgan uran 24 ming tonnaga yaqinni taşkil qilgan.












