Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks, JCh–2017: Bugun chorak final, bu bosqichda eng ko‘p vakil O‘zbekistondan
Foto: AIBA
Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati chorak final o‘yinlari bugun bo‘lib o‘tadi. 10ta vazn toifasida bo‘ladigan musobaqalarda 80 nafar ishtirokchi yarim finalga chiqish uchun ringga ko‘tarilishadi.
Hozircha musobaqani davom ettiriyotgan bokschilar ichida O‘zbekiston vakillari eng ko‘p bo‘lib turibdi — 9 kishi.
Kubadan 8 nafar, Qozog‘istondan 7 nafar, mezbon Germaniyadan 6 nafar bokschi chorak finalga yo‘l olishgan.
Kolumbiyada 5, AQSh, Angliya, Rossiya va Mo‘g‘ulistondan kelgan bokschilar — 4 nafardan, Hindiston sharafini 3 nafar bokschi himoya qilmoqda.
Avstraliya, Venesuela, Dominikan Respublikasi, Ozarboyjon, Ukraina, Fransiya kabi davlatlar vakillari 2 nafardan qolishgan.
Armaniston, Belarus, Gurjiston, Janubiy Koreya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kamerun, Misr, Niderlandiya, Tojikiston, Tunis, Xitoy, Ekvador va Yangi Zelandiya yagona bokschi bilan kurashni davom ettirishmoqda.
Bugun chorak final janglarida qatnashadigan to‘qqiz nafar bokschimiz Toshkent vaqti bilan quyidagi soatlarda ringga ko‘tarilishadi:
49 kg. Chorak final. 29 avgust, 18:15
Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Amit (Hindiston)
64 kg. Chorak final. 29 avgust, 19:15
Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Artyom Harityunyan (Germaniya)
75 kg. Chorak final. 29 avgust, 19:45
Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Troy Isli (AQSh)
91 kg. Chorak final. 29 avgust, 20:15
Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Roy Korving (Niderlandiya)
52 kg. Chorak final. 29 avgust. 22:15
Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) - Seyber Avila (Kolumbiya)
60 kg. Chorak final. 29 avgust. 22:45
Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) - Otar Eranosyan (Gurjiston)
69 kg. Chorak final. 29 avgust. 23:00
Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Pet MakKormak (Angliya)
81 kg. Chorak final. 29 avgust. 23:30
Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Yerik Aljanov (Qozog‘iston)
91+ kg. Chorak final. 29 avgust. 23:55
Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Qamchibek Qo‘nqaboyev (Qozog‘iston)
Mavzuga oid
17:53 / 14.11.2025
Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov doping tufayli 3 yilga chetlatildi
21:19 / 28.10.2025
Pakyao va Meyvezer revansh jangini o‘tkazadi
19:36 / 22.09.2025
Bokschi o‘n yillar oldin qo‘lga kiritgan medalini o‘zini adolatli tarzda mag‘lub etgan raqibiga qaytardi
18:37 / 19.09.2025