«Qirg‘iziston bilan ochiq va do‘stona siyosat yuritiladi». Mirziyoyev tashrifi arafasida Qirg‘izistonda davra suhbati o‘tkazildi
«Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston bilan munosabatlar ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat asosida quriladi. Bunday ezgu maqsad O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 — 2021 yillarda Respublikani rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida o‘z ifodasini topgan», dedi O‘zbekistonning Qirg‘iziston respublikasidagi elchisi Komil Rashidov bugun o‘tkazilgan «Chegara masalalarini hal qilishda Qirg‘iziston va O‘zbekiston hamkorligi o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish omili» mavzusidagi davra suhbatida.
Diplomat O‘zbekiston rahbari dasturida mamlakatni rivojlantirish uchun Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan barcha sohalar, suv resurslaridan tortib, xavfsizlik masalasida hamkorlikni kengaytirish nazarda tutilganini qayd etib o‘tgan.
«Bitta madaniy sivilizatsiya hududida joylashgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston nafaqat yaqin qo‘shnilar, balki birodar xalqlardir. Ikki davlat rahbarining doimiy ravishda muloqot qilib turishi o‘zaro do‘stona aloqalarni mustahkamlaydi», — degan Komil Rashidov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda tomonlar ikki davlatning kompaniyalari va ishbilarmon doiralari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ustida faol ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Keyingi oyda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev ham O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Netanyahu eronliklarni hukumatga qarshi chiqishga chaqirdi
Jahon | 08:31
-
Eronning Isroilga javobi: Tel-Avivda vayrongarchiliklar, yaralanganlar bor
Jahon | 07:43
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
Mavzuga oid

17:19 / 11.06.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi

17:12 / 09.06.2025
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi

21:12 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi

17:34 / 07.06.2025