LG öyin monitorlari kadrlarni yangilovçi yuqori çastota va köplab qöşimça funksiyalar sabab özining bozordagi pozitsiyalarini sezilarli darajada kuçaytiradi

Kelgusi haftada Berlinda bölib ötadigan IFA 2017 körgazmasida LG Electronics (LG) kompaniyasi ikki yangi öyin monitorini namoyiş etadi. Bu monitorlar zamonaviy geymerlarning ösib borayotgan ehtiyojlarini qondira oladi va ularga imkon doirasida öyindan eng yaxşi taassurotlarni taqdim etadi. LĞning sönggi GK seriyali 32 va 27 dyuymli monitorlari dinamik öyinlar muxlislari uçun nafaqat qiziqarli kontentni körişni taklif qila oladi, balki professional öyinçilarga ğalaba uçun zarur şart-şaroitlar yaratadi.

LĞning GK seriyali monitorlari sönggi texnologik yutuqlar asosida yaratilgan bölib, u kadrlarni yangilaşning 114 va 240 Gts darajasidagi yuqori çastotasi bilan maqtanişi mumkin. Yangi 32 dyuymli LG monitori (model32GK850G) — yuqori sifatli ekran va hatto yuqori tezlikdagi geympleyda ham kartinani muammosiz özgartiriş imkoniga ega bölişni istaganlar uçun mukammal tanlov. LG 32GK850G modelining yuqori çastotali kadrlar yangilanişi animatsiya grafikalarining mislsiz uyğunligini ta'minlaydi, undagi barça öyinçilar könglidan joy olgan grafik obektlarni qayta işlovçi NVIDIAG-SyncTM  texnologiyasi esa hatto ekrandagi maksimal intensivlikda ham kartinaning uzilişlardan deyarli butkul xalos böliş imkonini beradi. Bu monitor har qanday janrdagi öyinlarga juda yaxşi töğri keladi, u QHD(2 560 x 1440) formatdagi ekranda 350 nt maksimal yoruğlikda kadrlar almaşuvi silliq keçişi va qoldiq tasvirlarning umuman yöqligi bilan maqtana oladi.

Bundan taşqari, yangi 32 dyuymli monitor SphereLighting monitor tufayli foydalanuvçining öyindan taassurot olişini maksimal darajada kuçaytiradi. U yumşoq fon nurlari bilan ta'minlab, közlarning çarçoğini kamaytiradi va monitor dizaynini samarali töldiradi. Noyob xususiyatlar röyxatida şuningdek Black Stabilizer ham namoyiş etilgan, u tasvirning eng töq detallarini ham körişga imkon berib, yanada aniq kontrastni ta'minlaydi. Dynamic Action Sync esa röy berayotgan voqealarga tezroq reaksiya qiliş imkonini berib, kirişning keçikişini minimallaştiradi. Öyinçilar döstona grafik interfeys tufayli turli öyinlar va jarayondagi maksimal qulaylik uçun rejimlarni osonlik bilan sozlay olişadi. Heç qanday vint yoki asboblarsiz örnatiladigan monitor jihozi esa minimal harakatlar bilan balandlik va buriliş burçagini boşqarişga imkon beradi.

Foto: LG