IIV vaziri örinbosari polkovnik Akromxon Boboxonov, Mirzo Uluğbek tumani hokimi Şerzod Qutbiyev hamda tuman IIB polkovnik Azamat Öroqov taşabbuslari bilan içki işlar idoralari xodimlarining tungi xizmatiga keng jamoatçilik vakillarini jalb qiliş sinov tariqasida yölga qöyilmoqda.

Tuman IIB Tergov bölimi boşliği podpolkovnik Bahrom Begaliyevning sözlariga köra, şu maqsadda tuman Yoşlar ittifoqi yetakçilari, tumandagi umumta'lim maktablarining jismoniy tarbiya öqituvçilari tungi xizmatga jalb etildi.
26 avgust kuni jamoatçi nazorat guruhlari a'zolari içki işlar xodimlari bilan birgalikda tungi xizmatga çiqişi munosabati ila tadbir bölib ötdi.
Ular Mustaqillik bayrami va Qurbon hayiti kunlari tuman köçalarida uçastka nozirlari bilan hamkorlikda tungi vaqtlarda navbatçilik qilişadi. Tungi soat 23-00 dan söng, jamoatçilik vakillariga javob beriladi.
Tuman IIB boşliğining ta'kidlaşiça, uşbu tajriba muvaffaqiyatli ötsa, boşqa tumanlarda ham joriy etilişi rejalaştirilmoqda.























