Test imtihonlarida turli qinğir va jinoyatkorona yöllar bilan bolalar öqişga qabul qilinayotgani, bu holatlarga oliy öquv yurti mutasaddilari va hattoki rahbarlari boş-qoş bölayotgan «rektor guruhi», şuningdek, «zayçiklar», «parovoz» va kabi illatlar haqida oldin ham yozgan edik.

Test imtihonlari oldidan bir qator oliy öquv yurtlari rahbarlari tomonidan TVda çiqişlar qilinib, joriy yildagi test sinovlari halol va şaffof ötişini ta'kidlaşgan edi. Bu borada Toşkent davlat yuridik universitetda amaliy qadam taşlanib, sinovlarning ÖzEkspoMarkazda taşkil etilgani, test sinovlariga abituriyentlar qattiq tekşirib kiritilganidan barça voqif etib turildi.

Lekin keyingi kunlarda ma'lum bölyaptiki, poytaxtimizdagi eng nufuzli iqtisodiy-moliyaviy ta'lim sohasidagi öquv yurtlari — Toşkent Davlat iqtisodiyot universiteti va Toşkent moliya institutining ayrim fakultetlarida qabul yakunlarini halol ötgan, deyişga töliq asos yöq.

Xususan, kimlardir tarafidan taşkil etilgan maxsus guruhlarga yordam körsatilgani, yoki öşa guruhlargagina iqtidorli bolalar töplanib qolgani va kimdir ana şunday guruhlarni avvaldan nopok va noxolis niyatlarda taşkil etgani şubha qilinmoqda.

Keyingi kunlarda köp takrorlanayotgan «Rektor guruhi» deb aytilayotgan guruh nima özi? Keling, vaziyatdan boxabar böliş uçun nomini oşkor etmagan ekspertning bu boradagi fikrlari bilan tanişsak:

«Bu juda eski sxema. «Moliya» va «Narxoz»da azaldan işlaydi faqat.

1. Bunda yopiq guruhlar taşkil qilinadi. Unga hamma ham hujjat topşira olmaydi. Bu yönalişga hujjat olinişi haqidagi e'lon qabul komissiyasi oldidagi reklama bannerlaridan ham olib taşlanadi. Bu yönalişga topşirmoqçi bölsangiz, «bunaqa yönaliş yöq, falonga topşir» deyişadi. Mabodo, huquqingizni talab qilsangiz va «borku yönaliş» deb talaşsangiz, «mayli», deb ariza olişadi, lekin sizni «texnik xatolik» bilan baribir boşqa yönalişga tiqib qöyişadi.

2. Davlat test markazi rasmiy saytida abituriyentlar soni onlayn ravişda körsatilişni boşlagandan keyin, şubha qoldirmaslik uçun, bunday yönalişga atayin soxta abituriyentlar olib kelib hujjatlari topşirtiriladi. Turli joylardan, kirişi lozim bölgan abituriyentning taniş-bilişlaridan rosa odam yiğib kelişadi. Test sinovlari  vaqtida ular şunçaki fon bölib turib berişadi.

3. Fondagilar imtihon kuni tavakkal yeçadi yoki har ehtimolga qarşi heç narsaga tegmaslik buyuriladi. Eng keng tarqalgan usul — faqat bitta harfni belgilab çiqiş. Şunda aniq yiğilgan köp ball bölib ketmaydi, maksimum 70–80 ball atrofida böladi. Ana şuning uçun qabul kvotasidan keyingi ballarda darhol juda katta farq közga taşlanadi.