Ilgariroq saytimizda «Toşkent davlat iqtisodiyot universitetidagi sirlar oçilmoqda» sarlavhasi ostida bloger va yurist Xuşnud Xudoyberdiyevning Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida yangi öquv yili uçun qabul imtihonlari natijalaridagi işonarsiz raqamlar haqidagi maqolasi keltirilgan edi.
Xuşnud Xudoyberdiyev öz saytida e'lon qilgan maqolada qabul kvotasining sönggi bali va öqişga kira olmagan birinçi abituriyentning bali örtasidagi juda katta tavofutga e'tibor qaratgan.
Yolqin Muqimov özining «Feysbuk» ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida xuddi şu mavzu böyiça yana bir tahlil natijalari e'lon qildi. Uning joylaştirgan posti qöyidagiça:
Şu yilgi imtihonlardan oldin televideniyeda ötkazilgan davra suhbatida «rektorskaya gruppa» haqida umuman heç narsani bilmasligini e'tirof etgan rektorlarimizga va şuningdek ba'zi «özga sayyoradan tuşganlar»ga şunçaki ma'lumot uçun bir faktni taqdim etmoqçiman.
Uşbu suratda Toşkent Davlat iqtisodiyot universiteti (xalq oğzida — «Narxoz») ning Korporativ boşqaruv yönalişining imtihon natijalari körsatilgan.
Kvota böyiça 4 ta grant, 66 ta kontraktga abituriyent qabul qilinişi kerak. Uşbu kvota böyiça öqişga qabul qilingan abituriyentlarning aqalli birrortasi bölsa ham öz bilimi bilan öqişga kirganmikan? Meni folbinga çiqarişingizdan oldin sizga bir qança «aşyoviy dalillar»ni taqdim etaman. Keyin nima deysiz, özingizga havola.
Test varaqalari DTM tomonidan kodlangan holda kelişidan xabardorsiz. Bir guruhga tuşgan abituriyentlarning DTM kodlari ketma-ket kelişi ham ma'lum (masalan 7271210, 7271211, 7271212, ... tarzida)
Xullas, öqişga qabul qilingan abituriyentlarning DTM kodlariga e'tibor qiling. Bir qaraşda heç qanday ğayrioddiylikni sezmaysiz. Çunki kodlar aralaş holatda turibdi. Lekin bu DTM kodlarni tartib böyiça joylaştirsak, «ajoyib» manzaraning guvohi bölasiz.















