Ma'muriy va jinoiy işlar sudlar tomonidan jinoyatçilikning oldini oliş maqsadida korxona, muassasa, taşkilotlarda sayyor tartibda körib çiqilmoqda. Ana şunday tadbirlardan biri poytaxtimizning Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutida bölib ötdi. Sayyor sudda aliment tölamagan ikki fuqaroning işi körib çiqildi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Muqaddam sudlangan toşkentlik O.K. turmuş örtoği bilan ajraşib, farzandini boquvçisiz qoldiradi. U oilasini oğir ahvolda taşlab ketganiga qaramay, turli bahonalar bilan aliment tölaşdan boş tortadi.
Fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanlararo sudining 2014 yil mart oyidagi hal qiluv qaroriga köra, O.K. farzandining moddiy ta'minoti uçun aliment tölab borişi belgilangan edi. Ammo qonuniy burçini bajarişdan oçiqçasiga boş tortgan O.K. 38 oy davomida 8 million 240 ming söm miqdordagi aliment pulini tölamay kelgan.
Sayyor sud zalida O.K.ga aliment qarzini tölaş taklifi bildirildi. Lekin u pulni tölaş va yaraşişni istamadi. Voyaga yetmagan farzandini moddiy ta'minlaşdan boş tortganligi uçun O.K. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasiga muvofiq bir yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Poytaxtlik A.A. ham voyaga yetmagan farzandi ta'minoti uçun aliment tölaşdan boş tortib kelgan. U 2012 yil 1 yanvardan joriy yilning iyul oyiga qadar bölgan vaqt mobaynida 16 million 404 ming söm alimentdan bölgan qarzini tölamagan. A.A. sayyor sud zalida mazkur qarzni töliq töladi.











