Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Sapar Isoqovni Qirğiziston boş vaziri lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar bergan.
Özbekiston hukumati rahbarining ta'kidlaşiça, Özbekistonda Sapar Isoqovni ikki davlat örtasidagi döstona va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini har tomonlama rivojlantiriş hamda çuqurlaştirişning faol tarafdori sifatida bilişadi.
Abdulla Aripovning işonç bildirişiça, Sapar Isoqovning Qirğiziston boş vaziri lavozimidagi faoliyati Özbekiston-Qirğiziston munosabatlarini özaro hurmat va ikki mamlakat xalqlarining farovonligi uçun özaro manfaatlarni hisobga olgan holda yanada kuçaytirişga turtki beradi.

















