Ispaniya matbuotida Garet Beylning “Mançester Yunayted”ga ötişi ehtimoldan yiroq emasligi haqida maqolalar köpayib ketdi.
Jumladan, Madrid klubiga ança yaqin bölgan Marca gazetasida “Beylni sotiş uçun beş kun” sarlavhasi ostida maqola çop etilgan. U yerda Beylning köngildagidek öynay olmayotganining sababi sifatida, futbolçining bir xayoli Britaniyada ekani va faoliyatini qayerda davom ettiriş borasida aniq fikrga ega emasligi haqida yozilmoqda.
“Valensiya”ga qarşi öyindan keyingi matbuot anjumanida Zayniddin Zidan uelslik futbolçini qöllab quvvatlagan bölsa-da, Beylga jiddiy tarzda qiziqib qolgan “Mançester Yunayted” varianti tez-tez aylanmoqda. Hatto Ladbrokes bukmekerlik kompaniyasi Beylning “Yunayted” bilan şartnoma imzolaşi ehtimolini 1/10 dan 1/4 ga oşirdi.
Joze Mourino transfer oynasi boşida 4 futbolçi sotib olişni möljallagan va ulardan uçtasi “Old Trafford”ga olib kelindi. Törtinçi pozitsiya – qanot öyinçisiga bölgan talab “Inter”dagi Ivan Perişiçga bölgan qiziqiş bilan izohlangandi, ammo yakunda xorvatiyalik futbolçining transferi amalga oşmay qoldi.
Böş öringa Garet Beyl varianti juda mos keladi. Bu haqida Joze Mourino Yevropa superkubogi öyini oldidan fikr bildirgan va agar Beylni sotib oliş imkoni tuğilsa, albatta, “Mançester Yunayted” bunga urinib körişini aytgandi. Ammo öşa uçraşuvda Beyl asosiy tarkibda harakat qildi. Öyindan keyin Joze Beylning masalasini yopilganini va u heç qayerga ketmasligini ta'kidlagandi.
Ammo Isko va Asensioning juda işonçli öyinlari Garet Beyl masalasini yana kötarilişiga sabab bölmoqda. Çunki diskvalifikatsiya tufayli hozir maydonga tuşmayotgan Kriştianu Ronaldu asosiy tarkibga qaytsa, Yuqoridagi uç futbolçidan ikkitasi zaxira örindiğida qolişi mumkin. Bu uçlik içida u qadar işonçli körinmayotgan Beyl uçun taklif qilingan katta taklif, albatta, “Real” rahbarlarini öylantirib qöyişi tabiiy. Taxmin qiliş mumkinki, barçasi futbolçining özida qolgan va bu masalan yaqin ikki kunda yeçiladi.
Ispaniyaning AS naşrida yozilişiça, “Mançester Yunayted” Beyl uçun 92 million funt taklif qilgan.
Keça esa, Joze Mourino “Lester”dan Riyod Mahrezni sotib olişni istayotgani, ammo klub rahbarlari rozi bölmayotganliklari haqida xabarlar paydo böldi. Bu ham balki marketing nuqtai nazaridan salobatliroq va foydaliroq bölgan Beyl transferiga bölayotgan harakatni izohlar.











