Buxoro şahar IIBga, Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida yaşovçi, nafaqadagi S.H. ariza orqali murojaat qildi, deb xabar bermoqda KUN.UZ’ga Buxoro IIB.
Uning arizada ma'lum qilişiça, Buxoro şahridagi Markaziy bozorda joylaşgan 265-sonli savdo dökoni oldida qölidagi sumka içidan 800 AQŞ dollari, 600.000 söm naqd pullari, bank plastik kartoçkasi va turmuş örtoği Q.K.X.ga tegişli hisobida 40.000 söm mablaği bölgan bank plastik kartoçkasi, fuqarolik pasporti, jami bohosi 200.000 sömlik 2 dona ayollar kumuş uzuklari, bahosi 150.000 sömlik bir juft ayollar kumuş sirğasi va bahosi 100.000 sömlik bir dona ayollar kumuş zanjiri solingan bahosi 50.000 sömlik ayollar hamyonini noma'lum şaxslar yaşirin ravişda öğirlab olib, jabrlanuvçiga jami 800 AQŞ dollari va 1.140.000 söm miqdorida moddiy zarar yetkazib voqea joyidan yaşiringanligini bildirgan.

Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, Buxoro şahrida yaşovçi opa-singillar G., D. va D.R.lar Buxoro şahridagi Markaziy bozorda navbatdagi “kissavurlik” jinoyatini amalga oşirişlari paytida daliliy aşyolar bilan qölga olindi. Hozirda ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












