Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe «PSJ»ga o‘tayotganini tasdiqladi.
«U boshqa klubga o‘tmoqda, ammo ligada qolmoqda. Uning qarori to‘g‘riligini vaqt ko‘rsatadi», — deya Deshamning so‘zlarini keltirgan Goal.com.
Bundan oldinroq «PSJ» «Monako» bilan Mbappeni 180 mln yevroga transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar berilgandi.















