Germaniya TIV rahbari Zigmar Gabriel Sotsial-demokratik partiya yetakçisi Martin Şultsning mamlakatdan AQŞ yadro qurolini olib çiqib ketiş böyiça taklifini qöllab-quvvatladi. Bu haqda Frankfurter Allgemeine Zeitung DPA agentligiga asosan xabar bermoqda.
«Albatta, şunga işonçim komilki, qurol-yaroğ va qurolsizlantiriş ustidan nazorat örnatiş böyiça muloqotni boşlaş kerak... Men Martin Şultsning mamlakatimizdan yadro qurolini olib çiqib ketiş borasidagi taklifini töğri, deb hisoblayman», - dedi Gabriel.
Ta'kidlanişiça, tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, Germaniyadagi Byuxel aholi punkti yonidagi aviabazada Amerikaning 20 ga yaqin yadro kallagi joylaştirilgan.
Avvalroq AQŞda yadro bombasi sinovlari ötkazilgani ma'lum qilingandi.













