Islandiyada otlarning rasmiy röyxatini yuritişga mas'ul qömita ot egasi öz otini xorijiy nom bilan röyxatdan ötkazmoqçi bölgandan söng yangi qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda “Bi-bi-si”.
Islandiyaning ba'zi naşrlari bunday qömitaning mavjudligidan hayrat bildirayotgan bir vaqtda, mahalliy OAV Islandiya otlari uyuşmalari xalqaro federatsiyasi (FEIF) yaqinda otlarni rasmiy bazaga kiritiş uçun ularning ismlari islandça bölişi lozimligi haqida yangi qaror qabul qilganini ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, uşbu qaror uç yoşli Mosan nomli biyani röyxatga olişdan boş tortilgandan söng qabul qilindi. Sababi uning nomi “island grammatikasi qoidalariga” zid kelar ekan.
Ta'kidlanişiça, bu qoida ot egasi uni sotiş yoki köpaytirişga möljallangan ma'lumotlar bazasiga kiritişni istasagina qöllanişi mumkin. Boşqa hollarda islandiyaliklar otlarini özlari istagan nom bilan ataşlari mumkin.












