«Harvi» tropik pörtanasi Amerikaning Luiziana ştatiga yetib keldi. Bu haqda AQŞ dovullar haqida ogohlantiriş Milliy markazi xabar bermoqda.

Ayni damda pörtana Kameron okrugi hududi ustidan ötayotgani aytildi. Ta'kidlanişiça, şamol tezligi soatiga 72 kilometrga yetişi mumkin.

Associated Press’ning xabar berişiça, keyinçalik tropik pörtana Arkanzas, Tennessi va Missuri ştatlariga ham yetib borişi mumkin.

Texas ştatiga törtinçi toifadagi «Harvi» dovuli bir neça kun avval yopirilgan edi. Keyinçalik u kuçsizlanib, tropik pörtanaga aylandi.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Luiziana ştatida «Harvi» tropik pörtanasi tufayli favqulodda holat rejimini e'lon qilgandi.