AQŞda miyani giyohvand moddalarning salbiy ta'siridan himoyalovçi vaksina işlab çiqildi. Bu loyiha bilan Kaliforniya Instituti xodimlari şuğullanişdi. "Ortodoks" tibbiy portali şu haqida xabar berdi.
Giyohvand moddalar immunitet ilğay olmaydigan kiçik molekulalardan iborat böladi, şuning uçun organizm mazkur zararli moddalar ta'siriga qarşilik körsata olmaydi, aksinça bunday preparatlarga tobe'likni rağbatlantiradi.
Amerikalik olimlar immunitetni şakllantirişga qodir bölmagan, lekin ba'zi oqsillar bilan reaksiyaga kirişadigan, tarkibida gaptenlar molekulasi bölgan vaksinani kaşf qilişdi. Gaptenlar giyohvand moddalarning paydo bölişiga tezkor reaksiya bildiradi, bu esa tibbiyot uçun katta ahamiyatga ega, zero yaqinda qora bozorda kimyoviy moddalardan işlangan kuçli toksinlar paydo böldi.
Siçqonlarda ötkazilgan tajribalar vaksinaning geroin ta'siriga qarşi sifatini tasdiqladi. Olimlar bundan keyin giyovandlar sonini qisqartiriş va dozaning oşirib yuborilişining oldini olişni maqsad qilişmoqda.












