Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevni mustaqillik bayrami bilan tabriklab, maktub yölladi. Maktub matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
“Muhtaram Prezident Janoblari!
Siz, Janobi Oliylari va butun Özbekiston xalqiga Xitoy xalqi va öz nomimdan qutluğ sana – Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
26 yillik mustaqil taraqqiyot davrida Özbekistonda siyosiy barqarorlik, izçil iqtisodiy rivojlaniş ta'minlanmoqda, mamlakatingizning xalqaro nufuzi muttasil ortmoqda, şuningdek, davlat qurilişi sohasida yuksak muvaffaqiyatlarga erişilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimida faoliyat boşlaganingizdan buyon, Sizning rahnamoligingizda strategik ahamiyatga ega qator ulkan özgarişlar amalga oşirilmoqda, yangi imkoniyatlar oçilmoqda. Bu Özbekiston xalqi tomonidan keng qöllab-quvvatlanmoqda.
Siz joriy yil may oyida Xitoyga ilk davlat taşrifini amalga oşirdingiz va "Bir makon, bir yöl" xalqaro forumida iştirok etdingiz. Siz bilan samarali muzokaralar ötkazdik, ikki tomonlama munosabatlarimiz rivojiga yangi sur'at baxş etgan qator muhim kelişuvlarga erişildi.
Men Xitoy va Özbekiston örtasida har tomonlama strategik şeriklikni rivojlantiriş va Siz bilan döstona munosabatlarni yanada mustahkamlaşga alohida ahamiyat qarataman. Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yölida XXR va Özbekiston örtasidagi har tomonlama şeriklikni birgalikda rivojlantiriş va mustahkamlaş maqsadida Siz bilan özaro yaqin munosabatlarimizni izçil davom ettirişga tayyorligimni bildiraman.
Fursatdan foydalanib, Özbekiston Respublikasiga taraqqiyot va farovonlik, xalqingizga baxt-saodat tilayman.
Si Tszinpin,
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi”












