Sayyoramiz foydali qazilmalarning surunkali yetişmovçiligiga yöliqmoqda, xususan, yuqori texnologik gadjyetlarda qöllaniladigan qazilmalar. Ekspertlarning işonç bilan ta'kidlaşiça, smartfonlar, elektromobillar va hatto mis simda uçraydigan asosiy komponentlar tobora tugab bormoqda. Uşbu asosiy foydali qazilmalarning işlab çiqarilişiga tösqinlik qiluvçi turli muammolar, aftidan, kelgusida ularning global tanqisligiga olib keladi. Hi-Tech şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.

Qazilma materiallar yetişmaydi

Xalqaro olimlar guruhining Delaver ştati universiteti  ştab-kvartirasi bilan birgalikda ötkazgan tadqiqoti tez orada texnikaga bölgan talab taklifni ortda qoldirişini körsatgan. Hatto xomaşyoning qayta işlanişi ham yuqori texnologiyali qurilmalarni işlab çiqariş uçun yetarli material bilan ta'minlay olmaydi. Gap mis, şuningdek neodim, terbiy va iridiy kabi yanada noyob metallar haqida bormoqda.

Jamoaning yetakçi tadqiqotçisi Salim Ali şunday deydi: "Iqlim, bioxilma-xillik, köçib yuruvçi turlarni saqlaş  va hatto organik kimyoviy moddalar çiqindilari bilan muomala qiliş borasida xalqaro bitimlar mavjud, ammo mineral qazilmalarni boşqarişga doir xalqaro mexanizmlar yöq".

Talab oşib bormoqda, işlab çiqariş esa qiyinlaşmoqda

Bundan taşqari, konlarni aniqlab, işlab çiqarişni boşlagunga qadar köp yillar ötişi mumkin.  Masalan, sönggi yirik mis qazib çiqariluvçi kon 15 yil avval Möğulistonda aniqlangan edi, mahsulot işlab çiqariş esa ötgan yiliga kelib start oldi. Ta'kidlaş joizki, köpgina metallar, jumladan mis ham işlab çiqarişda örnini bosişi mumkin bölgan muqobiliga ega emas.

Bugungi kunda "yaşil" texnologiyalar sayyoraning yagona "xaloskori" hisoblanadi, biroq ularda ham öşa noutbuklar uçun kerak bölgan foydali qazilmalar katta miqdorda qöllaniladi, bu esa öziga xos raqobatni yuzaga keltiradi.

Kelajakni şunday tasavvur qilganmidik?

Bir neça yil avval kelajak smartfonlarini qanday tasavvur qilar edik? Nahotki şaffof smartfonlar va ekrani olinuvçi gadjyetlar örniga bizni "aqlli qurilmalar" davrining intihosi kutmoqda?!