Texas ştatining Brazoria okrugida “Harvi” dovuli sababli kuçli toşqin davom etmoqda. Bu yerdagi Addiks töğonidan suv toşa boşladi. Bu haqda Washington Post naşri xabar bermoqda.
Avvalroq muhandislar Addiks töğoni atrofidagi hududlar suv ostida qolişiga yöl qöymaslik maqsadida töğondagi suvni çiqara boşlaşgandi.
Biroq 29 avgustda töğondagi suv sathi u uşlab tura oladigan maksimal darajadan kötarilgan.
Toşqin yuz berişi mumkinligi sababli aholiga zudlik bilan xavfsiz hududga ketiş yoki balandroqda boşpana topiş buyurilgan.
Texasdagi misli körilmagan miqdordagi yoğingarçilik minglab odamlarni Xyuston şahri va uning atrofida suv ostida qolgan uylarini tark etişga majbur qildi. Qutqaruvçilar mustaqil keta olmayotgan odamlarni evakuatsiya qilişni boşlaşgan.
Şuningdek, Xyustonda marodyorlik holatlari köpayotgani sababli komendantlik soati kiritilgan. Komendantlik soati keçki soat 22dan ertalabki soat 5gaça amal qiladi.












