
YouTube videoservisi öz ilovasining yangi dizayni va platformaning desktop versiyasini namoyiş etdi. Şuningdek 12 yilda birinçi marta saytning logosi özgardi. The Verge şu haqida ma'lum qildi.
YouTube'ning dizayn bölimi rahbari Kristofer Bettigning ta'kidlaşiça, resursda yuz beradigan özgarişlarni "evolyutsiya" deb ataş mumkin. Unga Material Design konsepsiyasi asos qilib olingan: resursdan matn kiritiş şaklining katta qismi, "qutiçalar" va "soya"lar olib taşlandi.
Asosiy yangiliklardan biri vertikal videoroliklarning qöllab-quvvatlanişi böldi. Endi foydalanuvçilar vertikal videolarni öz mobil qurilmalarida qora hoşiyasiz körişlari mumkin böladi. Şuningdek saytning mobil versiyasida ekranga ikki marta bosib, videoni orqaga yoki oldinga aylantiriş imkoni paydo böldi.
Bundan taşqari, foydalanuvçilar saytning asosiy "mavzu"sini töqroğiga almaştirişlari mumkin böladi: birgina "klik" bilan oq fon qora fonga aylanadi. YouTube vakillarining ta'kidlaşiça, tez orada butun dunyo foydalanuvçilari saytni yangilaş imkoniga ega bölişadi.











