Keyingi avloddagi Beat/Spark xetçbegi negizida qurilgan subkompakt Beat Sedan sedani namoyişi bölib ötdi.
Chevrolet kompaniyasi uşbu sedanning ilk varianti Essentia kontseptini ötgan yil fevralida namoyiş qilgandi. Prototip namoyişi Hindistonda bölib ötgan va aynan şu davlat maşina uçun asosiy bozor bölişi taxmin qilingan.


Biroq 2017 yil may oyida General Motors kompaniyasi Chevrolet’ning Hindistondan ketişini e'lon qildi. Kompaniyaning u yerdagi zavodlaridan biri yopilgan, biri işlamoqda. GM’ning yangi strategiyasiga köra, korxona endi Lotin Amerikasi davlatlari uçun avtomobillar işlab çiqarmoqda. Hindistondagi zavodda modernizatsiyalangan Beat xetçi (ba'zi davlatlarda Spark) va uning negizida qurilgan sedan işlab çiqarilmoqda.

Sedanni birinçilardan bölib meksikaliklar oladilar, maşina Meksikada yaqin orada sotuvga çiqadi. Beat esa Meksikada iyundan beri sotilmoqda. Beat Sedan oldi qismi va saloni dizayni töliq Beat’ni qaytaradi, yukxona siğimi 385 litrga teng (Beat’da esa 170 litr). Yangi maşina xetçbekdan şuningdek 1,2 litrli, 81 ot kuçiga ega benzinli dvigatel olgan.
Maşinada 7 dyuymli sensor ekranga ega multimedia tizimi, konditsioner, ikkita xavfsizlik yostiqçasi, ABS örnatilgan.
















