Qozoğistonning Qarağanda viloyatidagi şaxtada metan gazi portlaşi oqibatida 3 kişi halok böldi. Bu haqda Qozoğiston favqulodda vaziyatlar qömitasi vakili Ruslan Imankulov ma'lum qildi. 

“Bugun, 31 avgustda soat 4larda Qarağanda viloyati Şaxtinsk şahridagi, “Arselor Mittal Temirtau”ga qaraşli Kazaxstankaya şaxtasida metanning tösatdan portlaşi yuz berdi. Bu vaqtda şaxtada 136 konçi bölgan. Şaxtaning avariya yuz bergan qismida 4 kişi bölgan”, deb ma'lum qilgan Imankulov.

Uning aytişiça, mavjud ma'lumotlarga köra tiriklik alomatlari bermayotgan 3 kişi şaxta işçilari tomondan aniqlangan.

“Voqea joyida investitsiya va rivojlaniş vazirligining sanoat rivojlanişi va sanoat xavfsizligi qömitasining professional harbiylaştirilgan avariya-qutqaruv xizmati mutaxassislari işlaşmoqda”, deb qöşimça qilgan mutaxassis.