Amerika Qöşma Ştatlarining Texas ştati gubernatori Greg Ebbot «Harvi» dovulidan söng Meksikadan gumanitar yordamni qabul qilişga rozi böldi, deb xabar bermoqda Dallas News.

Aniqlik kiritilişiça, Meksika AQŞga oziq-ovqat, dori-darmonlar va birinçi ehtiyoj buyumlarini yuborişni taklif qilgan.

«Ular bizni nimalar bilan qöllab-quvvatlaşga tayyor ekani haqidagi röyxat bor, biz uni qabul qilamiz», - deya ma'lum qildi Ebbot.

Avvalroq Texasni dovuldan keyin tiklaşga 125 mlrd dollardan köproq mablağ talab qilinişi mumkin ekani xabar berilgandi.