Nyu-Yorkning Yonkers boğida Amerikani oçgan ispan sayyohi Xristofor Kolumb haykali vandallar tomondan buzib taşlandi. Bu haqda News 12 telekanali xabar bermoqda.  

Balandligi 60 sm bölgan, gipsdan tayyorlangan haykal tagkursisidan ağdarib taşlanişi oqibatida parçalanib ketgan. Haykalning old qismi yodgorlik tagida, orqa qismi esa yaqin oradagi tepalik çöqqisida aniqlangan.

Mahalliy aholining aytişiça, haykal 26 avgust keçki vaqt hujumga uçragan.

Politsiya komissari Çarlz Gardnerning aytişiça, haykal bolalar tomondan buzib taşlangan bölişi mumkin. Şu bilan birga uşbu holatni sinçkovlik bilan tergov qiliş rejalaştirilgan.

Nazvaniye

Ta'kidlanişiça, Kolumbning dastlabki bronzadan işlangan haykali 12 yil avval öğirlab ketilgan.

AQŞda oxirgi haftalarda bir qator jamoatçilik guruhlari mamlakatdagi fuqarolik uruşi vaqtida janubliklar tomonda kuraş olib borgan şaxslarga qöyilgan haykallarning buzib taşlanişi uçun kuraş olib bormoqdalar. Bu borada eng beayov töqnaşuvlar Şarlotsvill şahrida yuz berdi. Bu yerda fuqarolik uruşi vaqtida janubliklarga boşçilik qilgan general Robert Li haykali buzib taşlanişiga qarşi norozilik namoyişi tartibsizliklarga aylanib ketgan.

Kolumb xotirasining abadiylaştirilişiga qarşi çiquvçilar u tomondan Amerikaning oçilişi tub aholining qirilişi, millionlab afrikaliklarni öz qurboniga aylantirgan quldorlikning avj olişiga olib kelgan, deb hisoblaydilar.