Bu yil surxondaryoliklar eng uluğ, eng aziz bayramimizga yangi yutuq va zafarlar bilan peşvoz çiqişdi. Köçalar, xiyobonlar, istirohat boğlari bayramona bezatilib, viloyatning barça şahar va tumanlarida, olis qişloq va mahallalarda bayram şodiyonalari kötarinki ruhda ötkazilmoqda, — deyiladi viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Feysbukdagi sahifasida.
«Bayramning asosiy tantanalari Termiz şahridagi «Alpomiş» öyingohida bölib ötdi. Tadbirga işlab çiqariş ilğorlari, fermer va tadbirkorlar, nuroniylarimiz, yoşlar, keng jamoatçilik vakillari hamda qöşni davlatlardan kelgan mehmonlar taklif etildi.
Tadbirda viloyat hokimi vohamiz ahli hamda tantanaga taşrif buyurgan mehmonlarni eng uluğ, eng aziz bayramimiz bilan tabriklab, mustaqillik xalqimiz tomonidan qölga kiritilgan bebaho boylik ekanini, mamlakatimizning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyati tomonidan munosib tan olinişi, yurtimizning yuksak taraqqiyot çöqqilari sari dadil odimlaşida elini, Vatanini sevadigan insonlarning, bağri keng, olijanob xalqimizning zahmatli mehnati borligini, istiqlol yillarida vohadoşlarimiz tomonidan qölga kiritilgan yutuqlar xususida töxtalib ötdi.

Istiqlol vohadoşlarimiz turmuş tarzida ham tub burilişlar yasadi. Xususan, mustaqillik yillarida «Toşguzar-Boysun-Qumqörğon» yangi temir yölining qurib foydalanişga topşirilişi, Xonjiza polimetall rudalar koni işga tuşirilgani, maktab va kollejlar, ijtimoiy soha obektlari, sport inşootlari, işlab çiqariş korxonalari barpo etilgani viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuksak ahamiyatga ega böldi.
Joriy yilda ham viloyatimizda yirik işlab çiqariş korxonalari, ijtimoiy soha obektlari barpo etilmoqda. Xususan, Amudaryo sohilida zamonaviy, barça qulayliklarga ega bölgan bolalarni soğlomlaştiriş oromgohi işga tuşirildi. 6,2 gektar maydonni egallagan mazkur oromgoh bir mavsumda 200 nafar, bir yilda 5 ming nafar bolani soğlomlaştirişga möljallangani xalqimiz uçun yanada manzur bölayotir. Zamonaviy qiyofa kaşf etib turgan uşbu oromgoh yurtimizning eng gözal va sölim maskanlaridan biriga aylandi.















