Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvar kungi PQ–2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga asosan davlat organlari va taşkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalarini berişning yangi tartibi belgilanadi.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegişli buyruği bilan Davlat organlari va taşkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari böyiça attestatsiyadan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom (röyxat raqami 2919, 2017 yil 28 avgust) hamda Davlat organlari va taşkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari beriş tartibi töğrisidagi nizom (röyxat raqami 2920, 2017 yil 28 avgust) tasdiqlandi.
Ularga köra, endilikda davlat organlari va taşkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalarini beriş bosqiçma-bosqiç xodimning egallab turgan lavozimi va mehnat stajiga muvofiq, şuningdek, uning işçanlik va şaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda amalga oşiriladi.
















