AQŞ energetika vazirligi strategik zaxiralardagi 500 ming barrel neftdan foydalaniş qarori haqida ma'lum qildi. Bu 2012 yildan beri ilk bora röy beradi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Zaxiradagi neft «Harvi» dovuli tufayli işlatiladi. 500 ming neft boçkasi Luiziana ştatida joylaşgan Phillips 66 qayta işlovçi zavodiga yuboriladi.

«Harvi» Meksika körfazida uglevodorodlar qazib olişga katta zarba bölib tuşdi. AQŞ xavfsizlik va ekologik nazorat masalalari böyiça byurosining (BSEE) xabar berişiça, neft qazib oliş hajmi qariyb 25 foizga tuşib ketib – sutkasiga 1,75 milliondan 1,32 million boçkaga yetdi. Bundan taşqari, köplab neftni qayta işlovçi zavodlar işi töxtab qoldi. Ularning quvvati kuniga ikki million boçkaga qadar tuşib ketgan.

AQŞning strategik neft zaxirasi ötgan asrning 70-yillarida yoqilği yetkazib berilişida uzilişlar röy bergan taqdirda ta'minotni töxtatmaslik maqsadida taşkil etilgan. Ayni damda unda 679 million barrel neft saqlanadi.