AQŞning Sierra Nevada kompaniyasining Dream Chaser koinot yuk kemasi sinovdan ötkazildi.
Dream Chaser ölçamlari kiçik kema bölib, Xalqaro koinot stansiyasiga (XKS) yuklarni jönatişga möljallangan. Uning ilk parvozini Atlas 5 yoki Ariane 5 raketa-taşuvçilarida amalga oşiriş, uni XKSga dum qismida joylaşgan dok yordamida biriktiriş rejalaştirilgan.
Dream Chaser’ning ilk versiyasi uçuvçisiz böladi, biroq kelgusida uning 7 kişini siğdira oladigan boşqariluvçi versiyasini yaratiş közda tutilgan.
Sierra Nevada kompaniyasi SpaceX va Orbital ATK kompaniyalari bilan birgalikda 2016 yilda XKSga 2024 yilgaça yuklarni taşiş böyiça NASA şartnomasini olgan. Şu sababli uşbu kemaning istiqboli borasida şubha qilmasa ham böladi. Biroq kemaning avvalgi sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlangandi: u qönayotganda şassisining çap tayançi çiqmay qolgan va buning oqibatida kemaga jiddiy zarar yetgan.
Bir qator yangi sinovlar AQŞ harbiy-havo kuçlarining Edvards aviabazasida ötkazildi. Birinçi parvoz vaqtida kema havoga vertolyot yordamida kötarilgan, söngra özi mustaqil ravişda qöngan. Kema sinovining keyingi bosqiçi 2017 yil oktabriga belgilangan. Undan tölaqonli foydalaniş esa 2020 yilga belgilangan.












