Özbekiston mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda, deb xabar berdi ÖzA.

Ularda davlat rahbariga baxt-saodat, omonlik va muvaffaqiyatlar, Özbekiston xalqiga tinçlik-osoyiştalik, ravnaq hamda farovonlik tilab, çin dildan ezgu istaklar izhor etilgan. 

Xususan, BMT Boş kotibi Antoniu Guterrişning maktubida şunday deyiladi:

“Özbekiston Respublikasi Prezidenti 
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga 

Janobi Oliylari! 

Özbekiston Respublikasi hukumati va xalqiga Mustaqillik kuni munosabati bilan özimning samimiy tilaklarimni izhor etiş menga katta mamnuniyat bağişlaydi. 

Biz buyuk orzu-umidlar bilan birga, turli talotöplar davrida yaşayapmiz. Men bu yilni butun jahonda tinçlikni ta'minlaşga da'vat bilan boşladim. Insoniyat intilayotgan barça ne'matlar – qadr-qimmat, odil sudlov, taraqqiyot va farovonlik bevosita tinçlik bilan boğliq. Bu qadriyatlar BMT Nizomida mustahkamlab qöyilgan va bizni birlaştirib turadi. 

Sizning bayram quvonçingizga şerik bölar ekanman, BMTning köp millatli taşkilot ekani butun jahonda bir-biridan uzoqlaşiş hodisasi kuzatilayotgan bir paytda umumiy sa'y-harakatlarimizni mustahkamlaşga xizmat qilayotgani, umuman, insoniyligimizni belgilab berayotganini ta'kidlamoqçiman. 

Uşbu qutluğ kunda Siz rahbarlik qilayotgan Özbekiston BMTni mustahkamlaş, barçaga tinçlik, taraqqiyot va inson huquqlarini ta'minlaş yölidagi umumiy sa'y-harakatlarimizni yanada faollaştirişga munosib hissa qöşişiga işonaman. 

Janobi Oliylari, Sizga bölgan yuksak hurmatimni qabul qilgaysiz. 

Antoniu Guterriş,
BMT Boş kotibi” 

* * *

“Özbekiston Respublikasi Prezidenti 
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga