«Tottenhem» rasmiy saytida Fernando Lorente «Suonsi Siti»dan transfer qilingani haqida xabar berildi. Transfer qiymati 15 million funtni taşkil qilgan.
Ispaniyalik futbolçi «şporlar» bilan 2019 yilgaça şartnoma tuzgan. «Tottenhem» uşbu futbolçini «Çelsi»dan ilib ketdi.
Ötgan mavsumda Lorente APLda 33 uçraşuv ötkazgan, 15 gol urgan va bir golga uzatma bergan. 32 yoşli bu futbolçi «Suonsi»da 2016 yildan buyon öynab kelayotgandi, bungaça u «Atletiko», «Yuventus» va «Sevilya» klublari şarafini himoya qilgan.

Unga avvaliga Londonning boşqa bir klubi «Çelsi» qiziqiş bildirgandi. 30 avgust kuni «Çelsi» uni 15 million funtga sotib olişi kutilgandi. Ammo şu kuni futbolçi uçun raqobatga «Tottenhem» qöşildi va yakunda bu raqobatda yutib çiqdi.
Qayd etiş kerakki, yozgi transferlar mavsumida «Çelsi» bir neça marta muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Avvaliga «Everton»dan Romelu Lukakuni sotib oliş rejalaştirilgandi. Futbolçi esa «MYu»ni tanladi va uning örniga «Real»dan Alvaro Morata xarid qilindi. Keyin «Arsenal»dan Aleks Oksleyd-Çemberlenni sotib olişga harakat qilindi, ammo uni «Liverpul» ilib ketdi. «Everton»ning yana bir futbolçisi Ross Barkli esa oxirgi daqiqalarda fikrini özgartirib, London jamoasida tibbiy körikdan ötişni istamadi va ortiga qaytib ketdi.











