Apple özining yangi smartfoni iPhone 8 taqdimotiga rasmiy taklifnomalar jönatişni boşladi. Taqdimot Stiv Jobs nomidagi teatrda bölib ötadi. Taklifnomalar The Verge, BuzzFeed va TechCrunch kabi naşrlar jurnalistlariga ham berilgan.

Taqdimot uçun yangi zal ming odamni siğdira oladi, biroq u hali oxirigaça qurib bitkazilmagan. Körinişiça, Apple quriliş işlarini 12 sentabrgaça yakunlamoqçi. Teatr Kaliforniyadagi Santa Klara vodiysi markazida qad rostlagan Apple’ning yangi boş qarorgohi Apple Park yonida joylaşgan. 

Ma'lumotlarga köra, Stiv Djobs nomidagi teatrda yangi dizayn, hoşiyasiz ekran va şişa korpusga ega iPhone 8 hamda iPhone 7s va iPhone 7s Plus namoyiş qilinadi. OAVning ma'lum qilişiça, iPhone 8 AQŞda 999 dollarga yaqin turadi. Bu avvalgi flagmanlarga nisbatan qimmatroqdir: iPhone 7 Plus AQŞda 769 dollar turgan.

Ehtimol, taqdimotda şaxsiy SIM-karta va Apple TV TV-pristavkasi namoyişini oladigan yangi avloddagi Apple Watch taqdim qilinişi mumkin. Iyunda kompaniya HomePod “aqlli” karnayini namoyiş qilgandi. Sentyabrdagi taqdimotda u haqda yangi ma'lumotlar berilişi mumkin. 

Jobs nomidagi teatr halqa şaklida qurilgan va deyarli butkul oynadan taşkil topgan. Bino tomida quyoş panellari örnatilgan. Kompaniya ma'lumotlariga köra, bu panellar beradigan 17 megavatt quvvat binoni 9 oy davomida isitmaslikka yetadi.