Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilişiça, Moskva AQŞ bilan nizo qidirayotgani yöq va Amerika xalqiga har doim döstona munosabatda bölib qoladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Prezident bir neça marta aytganidek, biz uşbu davlat bilan nizo qidirayotganimiz yöq. Amerika xalqiga nisbatan har doim döstona munosabatda bölganmiz, hozir ham Rossiya manfaatlariga javob beruvçi sohalarda konstruktiv özaro aloqalarga oçiqmiz», - deya ta'kidlab ötdi u Moskva xalqaro munosabatlar davlat instituti talabalari bilan uçraşuvi davomida.

Diplomatning sözlariga köra, Moskva ikki tomonlama siyosiy muhit «normal holatda bölişini» istaydi.

«Biroq bilasizki, tango uçun ikki kişi kerak, hozirça, mening fikrimça, bizning amerikalik şeriklarimiz faqatgina individual breyk-dansni ijro etişmoqda», - deya ta'kidlab ötgan Lavrov.

Uning qöşimça qilişiça, Rossiya avvalgidek «özaro hurmat asosidagi yondaşuvlar» va «murosani topiş»ni ilgari suradi.

Avvalroq Oq uy Tramp Putin bilan boş konsullikning yopilişini muhokama qilmasligi haqida bayonot bergandi.