Öquv dargohini tamomlamagan Azizjon Alimjonov (ism-familiyalar özgartirilgan) tengdoşlari qatori tadbirkor böliş örniga, mudhiş “biznes” qilişni öylab qoladi. Öziga kollejdagi döstlari Qosim Anvarov, Muhammad Nuriddinov, Anton Andreyev va Ismoil Davlatxöjayevni şerik qildi. Bu şaxs yigitlar bilan “reja” tuzdi. Unga asosiy jinoiy guruh a'zolari yurtimizdagi reklama bilan şuğullanuvçi internet-saytlar orqali Ikrom Murodjonovni topişadi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Ikrom “işbilarmon” yigitlarning şum niyatlaridan xabari yöq edi. U internet-saytida öziga tegişli “TOSHIBA” va “DELL” rusumli noutbuklarni sotiş uçun e'lon bergandi. 2016 yilning 28 dekabr kuni Azizjon Alimjonov noutbuk sotib olmoqçi bölgandek Ikromga qönğiroq qildi.
- Uzr, e'lon böyiça qönğiroq qilib turibman. Noutbukingizni körsam böladimi? Bugun körişsak, nima deysiz?
- Yaxşi. Soat 20:00larga Bobur parkida. Böladimi?
- Ma'qul...
Uçraşuv uçraşuvi vaqti va joyini begilab olişadi. “Işbilarmon”lar esa ğarazli “reja”larini tuzişdi. Ikrom kelişilgan vaqtda Bobur parkining yoniga kelib turdi. Azizjon esa şeriklari bilan uçraşuv vaqtidan oldinroq kelib, park atrofida aylanib yurişadi.
Ikromni körib, Azizjon ham uning oldiga keldi. Ular özaro suhbatlaşişdi. Şu asnoda Azizjon noutbuklarni körib, Ikromga yuzlandi.
- Aka, qarşi bölmasangiz, noutbukni ota-onamga ham körsatişim kerak edi. Men bilan Rakat mahallaga borsangiz, ota-onamdan pulni olib beraman. Maylimi?!
Ikrom u aytgan mahalla uçraşuv joyidan unça uzoq bölmaganligi sababli rozi böldi. Ammo bu tuzoq ekanligidan bexabar edi. Ular taksiga ötirib, köp qavatli uylarning xilvatroq hovlisiga kelişdi. Guruhning qolgan yigitlari esa allaqaçon bu yerga yetib kelişgandi. Azizjon bilan Ikrom taksidan tuşişdi. Taksi ketgan zahoti yigitlar Ikromning qölidagi noutbuklarini tortib olib, uning duç kelgan joyiga tayoq bilan ura boşlaşdi. Vahşiylarça kaltaklangan Ikrom voqea joyida huşidan ketdi.
Yigitlar jinoyat ortidan topilgan “TOSHIBA” va “DELL” rusumli noutbuklarni şu kunning özidayoq 800 AQŞ dollariga fuqaro Bahrom Qodirovga sotib yuborişdi.
Ikromning behuş yotganini körgan fuqarolardan biri darhol içki işlar idorasiga va “Tez tibbiy yordam”ga qönğiroq qiladi. Şifokorlarning öz vaqtida körsatgan tibbiy yordami tufayli Ikrom Murodjonovning hayoti saqlab qolindi.











