Yozgi transferlarning asosiy qismi yakunlandi. Yevropaning deyarli barça hududlarida transfer oynasi yopildi. Faqat Ispaniyada bugun tunga qadar futbolçilarni röyxatga ötkazişi mumkin. Ammo körinişidan bugungi kunda e'tiborli transfer böladiganga öxşamaydi. Bu esa yozgi transferlar böyiça yakuniy xulosalar çiqarişga imkon beradi. Tribuna.Uz sönggi 3 oy davomida amalga oşirilgan eng qimmat transferlar önligi bilan sizni taniştirib ötadi.
10. Bernardu Silva
«Monako»dan «Mançester Siti»ga
Transfer narxi: 50 million yevro

Ötgan mavsumni «Monako» öta kötarinki ruhda ötkazdi. Jamoa «PSJ» qatnaşadigan çempionatda boş sovrinni qölga kiritdi. Yevropa çempionlar ligasida şov-şuv kötarib yarim finalga qadar yetib bordi. Bu esa Yevropaning grand jamoalarining knyazlik jamoasi futbolçilariga bölgan talabini keskin oşirdi. Ana şunday futbolçilar içida birinçi bölib, portugaliyalik Bernardu Silva «Mançester Siti»ga yölllanma oldi. Gvardiola öyin uslubiga juda mos tuşadigan futbolçi uçun «şaharliklar» 50 million yevroni ayaşmadi. Hozirça, Silva «Mançester Siti» tarkibida bitta uçraşuvda asosiy tarkibda maydonga tuşdi. Körinişidan u yomon taassurot qoldirgani yöq.
9. Kayl Uoker
«Tottenhem»dan «Mançester Siti»ga
Transfer narxi: 51 mln. yevro

Ötgan mavsumda Gvardiolani eng qiynagan muammo bu himoya çiziği edi. Jamoa himoyaning barça çiziqlarida muammoga duç keldi. Yoşi ötib, tezligini yöqotgan futbolçilar örni yangilari bilan töldirilişi lozim edi. Jamoaning bu yöldagi eng muhim transferi aynan Kayl Uoker böldi. Birinçi navbatda Kayl bilan öng qanotdagi eng katta muammo bartaraf etilgan bölsa, ikkinçi tomondan «Siti» uçun muammoli bölgan «ingliz pasporti» aynan Uokerda borligi jamoaning bir öq bilan ikki quyonni urişni anglatardi.
8. Xames Rodriges
«Real»dan «Bavariya»ga
Transfer narxi: jami bölib 53 mln. yevroni taşkil qiladi



















