Jahon | 09:46 / 02.09.2017
8832
2 daqiqa o‘qiladi

Assanj afv etiladimi? Amerika razvedkasi jiddiy xavotirda 

Foto: Reuters

Wikileaks asoschisi Julian Assanjni afv etish to‘g‘risidagi gap-so‘zlar Amerika razvedka agentliklarini xavotirga solmoqda, deya yozayapti The Hill nashri.

Assanjning afv etilishi ehtimoldan uzoq ekaniga qaramay, AQSh prezidenti Donald Trampning Wikileaks haqidagi bayonotlari e'tiborga olinsa, bu g‘oya razvedka doiralarida jiddiy qabul qilinmoqda.

Tramp afv etish bo‘yicha huquqidan foydalanishga tayyorligini o‘tgan haftada ko‘rsatib berdi – Arizona shtatidagi Marikopa Kaunti sobiq sherifi Jo Arpayo afv etildi.

Bu qaror Vashingtonda prezident kelajakda o‘z vakolatidan kerakli maqsadlarida foydalanishi mumkinligi haqida taxminlar keltirib chiqardi. Bu, ayniqsa, Tramp «MXA, MRB, FQB va Milliy razvedka rahbari kotibiyatini shubha ostiga olgani» fonida dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Avvalroq Assanj AQSh Davlat departamentiga qo‘ng‘iroq qilib, Hillari Klintonni idora elektron tarmoqlariga kiberhujum haqida ogohlantirmoqchi bo‘lgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid