Ma'lumki, Prezident Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida Buxoro-Miskin yangi temir yöl qurilişida amalga oşirilayotgan istiqbolli loyihalar bilan tanişib, yönalişdagi işlar sifatini yanada oşirişga qaratilgan qator taklif va tavsiyalarini bergan edi. Mamlakat Prezidenti tomonidan bildirilgan işonçni temiryölçilar oqlaşdi. Ya'ni qisqa muddatda milliy va zamonaviy kommunikatsiya tarmoğining bir qismi Buxoro – Miskin temir yöli qurilişining birinçi bosqiçini öz yakuniga yetkazişdi. Bugun loyihaning 147 va 148 kilometrlar oraliğida sönggi pölat izlarni yotqiziş marosimi bölib ötdi.
«Boştransloyiha» aksiyadorlik jamiyati tomonidan loyihalaştirilgan yangi temir yölning umumiy uzunligi 335 km.ni taşkil etadi. Ayni paytda 335 km.ga pölat izlar yotqizildi. Şuningdek, 121 ta sun'iy inşoot, 12 ta köprik va 6 ta yöl ötkazgiçlar qurib bitkazildi. 21,2 mln kubometr hajmdagi tuproq işlari amalga oşirildi. Şu bilan birga uşbu yönalişda 5 ta stansiya va şunça raz'yezdlar ham barpo etildi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 283,1 mln. AQŞ dollarini taşkil etib, şu kungaça 247 mln. AQŞ dollari miqdoridagi mablağ özlaştirildi.
Prezident Şavkat Mirziyovning 2017 yil 13 martdagi «Buxoro — Miskin temir yöl liniyasini quriş çora-tadbirlari» töğrisidagi qaroriga köra, mazkur liniyada bunyodkorlik işlari jadal olib borildi. Jumladan, keng kölamdagi bunyodkorlik işlarini tezkor, sifatli, öz muddatida foydanişga topşiriş uçun 1500 dan ortiq işçi-xizmatçilar, yöl qurilişi bilan boğliq soha mutaxassislari, 1000 dan ziyod qudratli mexanizmlar jalb etilgan edi.
Quriliş-montaj jarayonlari Buxoro tumanidan Miskin bekatigaça bölgan oraliqda, bir vaktning özida har ikki tomondan qurib kelindi. Loyihani zamon talablari darajasida foydalanişga topşiriş uçun respublikada hozirgaça amalga oşirilgan yirik loyihalar, jumladan, «Navoiy – Uçquduq – Sulton-Uvaystoğ – Nukus», «Toşğuzor – Boysun – Qumqörğon», «Angren – Pop» temir yöl qurilişlarida faol qatnaşgan tajribali temiryölçilar mazkur loyihaga biriktirilgan.

Mazkur loyiha hayotga tatbiq etilgaç, poyezdlar harakati tezkorligi oşadi, ularning harakatlaniş vaqti qisqaradi. Dastlab, mazkur temir yöl liniyasi orqali yuk poyezdlar qatnovi amalga oşiriladi. Bu esa uşbu xududdagi qazilma boyliklarini özlaştiriş, ulardan samarali foydalaniş va şu bilan birga yangi işlab çikariş korxonalarini oçişga zamin yaratadi.
Şu kunga qadar poytaxtdan Urgançga qatnovçi poyezdlar 1064 kilometr yöl bosib «Navoiy-Uçquduq-Miskin» magistrali orqali harakatlanayotgan bölsa, uşbu loyihaning qurib bitkazilişi bilan poyezdlar qatnovi qariyib 75 kilometrga qisqaradi. Tabiiyki bu yöl uçun ketadigan vaqtni, yonilğini va boşqa xarajatlarni tejaşga zamin yaratadi. Bugun, butun Özbekistonning xudud va mintaqalarini qamrab oladigan yagona milliy temir yöl tarmoği barpo etildi. Ular orqali yuqori tezlikda harakatlanuvçi ekologik xavfsiz elektropoyezdlari qatnovining yölga qöyilişi kimlar uçun mö'jiza, ba'zilar uçun kutilmagan yangilik, yana birovlar uçun esa orzular röyobi böldi. Ayni damda mamlakat temir yöllarining umumiy uzunligi 6500 kilometrdan ortiq bölsa, Buxoro-Miskin yangi temir yöl loyihasi foydalanişga topşirilgandan söng bu körsatkiç qariyb 7000 kilometrga yetadi.












