Iroqning Samarra şahridagi elektrostansiyada xudkuşlar portlaşni amalga oşirdi. Hodisa oqibatida yetti kişi halok böldi, yana sakkiz inson jabrlandi.
Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Iroq armiyasi generali Yahyo Rasulning ma'lum qilişiça, jinoyatçilar uç kişi bölgan: ikkisi stansiya hududiga işçi, bir nafari esa qöriqçi sifatida kirib olgan. Energetika vazirligida tört kişi hujum qilgani haqida xabar berişdi, ulardan bir nafari yöq qilingan, qolgan uç şaxs özini özi portlatgan.
Ta'kidlanişiça, hozirça heç bir taşkilot hujum uçun mas'uliyatni öz zimmasiga olmadi.
Avvalroq Afğoniston şarqida portlaş yuz bergani xabar qilingandi.












