Gruziya sobiq prezidenti, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakaşvilining ma'lum qilişiça, Kiyevda politsiyaçilarni uning ukasi Davidni qölga olişgan. U bu haqda feysbukdagi sahifasida yozdi.
«Bugun ertalab Arsen Avakovning IIVsi sakkiz xodimi mening ukam David Saakaşvilini qölga olişdi. U Kiyevdagi uyidan çiqayotganida uşlangan va noma'lum yönalişda olib ketilgan», - deya yozdi Saakaşvili.
Uning sözlariga köra, David Saakaşvili huquqşunos bölib, Ukrainada yaşaş uçun hujjatga ega.
Saakaşvilining taxmin qilişiça, şu tariqa unga «qaytmasligi» uçun ta'sir körsatişmoqçi.
«Sizlar meni juda yomon bilasizlar, bu mening Ukraina va ukrainaliklarni jinoyatçilardan himoya qiliş böyiça qat'iyatimni yanada mustahkamladi», - deya yozgan u.
Avvalroq Saakaşvili Poroşenko unga xalaqit bermoqçi ekani haqida ma'lum qilgandi.












