Rossiya Federatsiyasi vakolatli organlarining iltimosnomasiga asosan, Oltoy ölkasi hududida jinoyat sodir etib, Buxoro viloyati hududida yaşiringan Özbekiston fuqarosi Samijon Aliyev (ism-familiyalar özgartirilgan) mamlakatimiz huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan qölga olindi. U Buxoro viloyat prokuraturasi organlari tomonidan xalqaro huquq normalari va milliy qonunçilikka muvofiq tergov qilindi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Aniqlanişiça, S.Aliyev 2013 yilda Rossiya Federatsiyasining Oltoy ölkasi Biysk şahriga işlaş maqsadida borib, bir neça yil rizq-nasibasini halol topib yuradi. Uning işlari yurişib, kreditga “Toyota Karolla” rusumli avtomobil sotib oladi va odam taşiş faoliyati, ya'ni taksiçilik bilan şuğullana boşlaydi.

Özga yurtda bir neça yil yurib, özini erkin his qila boşlagan S.Aliyev öşa kuni avtomaşinasini xavfsizlik kamarini taqmasdan boşqaradi. Köçada harakatlanib ketayotgan avtomobilni yöl harakati xavfsizligi xodimi töxtatadi.

-  Yöl harakati xavfsizligi qoidasini buzib kelayapsiz, - dedi YHXB xodimi A.Safonov. – Hujjatlaringizni bering.

Şu paytda S.Aliyevning miyasiga: “Pul bilan hammasini hal qilsa böladi”, degan fikr keldi-yu, topşirayotgan hujjatlari içiga 500 Rossiya rublini solib, özini bilmaganga soldi.

Öz kasbiga sodiq Aleksandr Safonov pora taklif qilayotgan haydovçiga ovozini balandlatdi.

-  Bu nima? – dedi pulga işora qilib.

-  Aka, yordam bering...

S.Aliyev qança yalinib-yolvormasin, A.Safonovni nafs yöliga kirita olmadi. Aksinça, YHXB xodimi uning qilmişi haqida vakolatli organlarga xabar berdi va S.Aliyev pora berişga suiqasd qiliş jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, jinoyat işi qözğatildi.

S.Aliyev bu yurtdan çiqib ketsam, hamma işlar bosti-bosti bölib ketadi, deb qattiq yanglişdi. Tergov-suriştiruv jarayoni davom etayotgan paytda, u qoçib, yurtimiz hududiga qaytib kelib, yaşirinadi.

S.Aliyev özga yurtda qilgan qilmişiga yurtimizda javob berişiga töğri keldi.

Jinoyat işlari böyiça Peşku tuman sudining hukmi bilan S.Aliyevga ikki yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.