«Barselona» ijroçi direktori Albert Solerning ma'lum qilişiça, «Liverpul» rahbariyati yarimhimoyaçi Filippe Koutinoning narxini 200 mln. yevroga baholagan.
Kataloniyaliklar klubi yozgi transferlar vaqtida braziliyalik futbolçini qölga kiritiş uçun köp bor uringan, ammo yakunda bu iş amalga oşmay qoldi.
«Keça «Liverpul» bizdan futbolçi uçun 200 mln yevro talab qildi. Biz klubni xavfga qöyişni istamadik», — deya Solerning sözlarini keltiradi «Barselona» rasmiy tvitteri.
Xabar qilinişiça, 25 yoşli Koutinoning özi «Barselona»ga ötişni istagan va bu voqea amalga oşmagani uçun qattiq xafa bölgan.












