Niderlandiyalik olimlar inson hayoti davomiyligining örtaça maksimum darajasini ma'lum qilişdi. Bu haqdagi xabar Tilburg universiteti saytida e'lon qilingan.

Olimlar Niderlandiyaning 75 ming fuqarosi neça yoşda vafot etganini statistik tahlildan ötkazişdi. Ular sönggi 30 yil davomida olamdan köz yumişgan hamda yoşlari 94 yildan katta bölgan. Ayollar uçun hayot davomiyligining maksimal darajasi 115,7 yilni taşkil etgan bölsa, erkaklar uçun - 114,1 yil. Ta'kidlanişiça, sönggi yillarda bu körsatkiç oşmagan, garçi Niderlandiyada uzoq umr köruvçilar soni uç barobarga köpaygan.

Tadqiqotçilarning aniqlik kiritişiça, olingan ma'lumotlar taxminiy bölib, alohida holatlarda uzoq umr köruvçilarning yoşi 120 yilga ham yetişi mumkin.

Avvalroq dunyodagi eng keksa oila uzoq umr köriş sirlari bilan örtoqlaşgandi.