Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri o‘tkazildi
2 sentabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida birinchi kursga qabul qilingan talabalarni tantanali kutib olish marosimi “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri hamda istiqlolimizning 26 yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida “Mustaqillik darsi” va Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darslari” o‘tkazildi. Ushbu darslarga “O‘bekengilsanoat” DAK mas'ul xodimi J.Mardonov, Vazirlik va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ota-onalar hamda institut professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Bundan yigirma olti yil muqaddam ona O‘zbekistonimizning yangi tarixiy davrga qadam qo‘yishi, xalqimiz uchun erkin, farovon, hur va ozod davrning boshlanishi buyuk davlat va jamoat arbobi, xalqimizning suyukli farzandi, mard va qat'iyatli inson, Buyuk Yo‘lboshchimiz Islom Karimov nomi bilan chambarchas bog‘liq. O‘tgan chorak asrlikdan ko‘proq vaqt mobaynida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy jabhalarda misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishildi. O‘zbekistonni dunyo tan oldi.
Bugungi kunda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida jamoatchilik, ota-onalar, o‘qituvchilar, o‘quvchi-yoshlarning fikr va mulohazalari, takliflarini puxta o‘rganish, ularga tayangan holda ish ko‘rishga tizimli yondashish aynan mustaqillik mevasi ekanligini ta'kidlash zarur.
Mavzuga oid
19:48 / 03.07.2026
«Uyim renovatsiyaga tushsa nima bo‘ladi?» – Eng dolzarb savollarga javoblar
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026