Jahon | 08:21 / 02.09.2017
5914
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp “Harvi” dovuli oqibatlarini bartaraf etishga 7,85 mlrd dollar so‘radi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp kongressdan “Harvi” dovuli oqibatlarini bartaraf etish uchun birlamchi yordam sifatida 7,85 mlrd dollar so‘radi. Bu haqda Oq uyga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Oq uyning ma'muriy byudjyet boshqarmasi direktori Mik Malveynining ma'lum qilishicha, agar sentabr oxirigacha erishiladigan davlat qarzining eng yuqori chegarasi ko‘tarilmasa, bu moliyalashtirishga ta'sir ko‘rsatadi.  

Ta'kidlanishicha, Tramp dastlab 5,95 mlrd dollar so‘ramoqchi bo‘lgan, biroq bu qiymat yetarli bo‘lmasligiga qaror qilingan.   

Yuqoridagi summadan 7,4 mlrd dollari Favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligiga, 450 mln dollari esa Kichik biznes ishlari boshqarmasiga ajratiladi. 

1 sentabrda Tramp “Harvi” oqibatlari bilan kurashish uchun o‘z mablag‘lari hisobidan bir million dollar xayriya qilishi ma'lum qilingandi. 

“Harvi” AQSh hududida 2005 yildan beri kuzatilgan eng vayronkor dovul bo‘ldi. Dovul va uning ortidan yuzaga kelgan toshqin oqibatida 48 kishi halok bo‘ldi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, dovul 100 mlrd dollarlik ziyon keltirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid