Özbekiston mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelişi davom etmoqda, deb xabar berdi ÖzA.
Ularda davlat rahbariga baxt-saodat, omonlik va muvaffaqiyatlar, Özbekiston xalqiga tinçlik-osoyiştalik, ravnaq hamda farovonlik tilab, çin dildan ezgu istaklar izhor etilgan.
“Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Şavkat Miromonoviç!
Sizni va Sizning timsolingizda qardoş özbek xalqini Özbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni munosabati bilan Turkmaniston xalqi, hukumati va şaxsan öz nomimdan samimiy tabriklayman va ezgu tilaklarimni yöllayman.
Turkmaniston bilan Özbekiston örtasidagi barça yönalişlar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi munosabatlar yuqori darajada ekanini va bu aloqalar izçil rivojlanib, yanada mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta'kidlayman. Mamlakatlarimizning davlatlararo muloqotni yanada kengaytirişga bölgan qat'iy yondaşuvi xalqlarimiz manfaatiga mosdir.
Muhtaram Şavkat Miromonoviç, uşbu qulay fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam soğliq, baxt-saodat, muvaffaqiyatlar, qardoş Özbekiston Respublikasi xalqiga tinçlik va yanada farovonlik tilayman.
Samimiy hurmat bilan,
Gurbanguli Berdimuhamedov,
Turkmaniston Prezidenti”
* * *
Şuningdek, quyidagilar öz tabriklarini yöllagan:
Birlaşgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
Birlaşgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Boş vaziri, Dubay Amirligi hokimi Muhammad bin Roşid Ol Maktum
Birlaşgan Arab Amirliklari Qurolli kuçlari Boş qömondoni örinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
Portugaliya Respublikasi Prezidenti Marselo Rebelo de Souza












