2017 yil 2 sentabr kuni Nyu-Yorkning Uoll-strit - moliyaviy markazida Özbekiston Mustaqilligining 26 yillik munosabati bilan davlat bayroği kötarildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Özbekiston davlat madhiyasi yangrab turgan holda 15 m balandlikka kötarilgan mamlakat bayroği hilpirab turdi. Tadbir taşkilotçilar va iştirokçilar bir daqiqa sukut saqlab marhum prezident Islom Karimovni yod olişdi.

Turkiston-Amerika Assotsiatsiyasi raisi Abdulla Xöja nutq sözlab, bugungi kunda AQŞda istiqomat qilayotgan özbekistonliklar va özbek millatiga mansub kişilar ona yurt mustaqilligini keng nişonlayotgani haqida sözladi. U şuningdek, prezident Şavkat Mirziyoyevning tanlagan siyosati iqtisodiy barqarorlik, erkinlik va mustaqillikni mustahkamlab borişini ta'kidlagan.

Tadbirga yiğilganlar milliy liboslarda kuy-qöşiqlar hamohangligida bayram qilişgan.