Reytingga köra, Urgançda örnatilgan Özbekiston bayroği 15-örinni egallagan. Uning flagştogi balandligi 66 metrni taşkil qiladi.
Reytingda Saudiya Arabistonining Jidda şahrida örnatilgan bayroq yetakçilik qilmoqda. U 170 metr balandlikda hilpirab turadi. Yetakçi uçlikdan Duşanbedagi (165 metr) va Bokudagi (162 metr) bayroqlar örin olgan.

Urgançdagi bayroq Toşkentdagi (65 metr), Sirdaryo viloyatidagi (65 metr), Buxoro viloyatidagi (60 metr) va Qoraqalpoğistondagi (55 metr) bayroqlardan balandroq joylaşgan.
Urganç markaziy boğida 2018 yil noyabrda örnatilgan bayroqning ölçami 10 metrga 20 metrni taşkil qiladi.
Ta'kidlaş joiz, Ginness rekordlar kitobiga köra, eng katta ölçamga ega milliy bayroq BAAning Şarja şahrida örnatilgan. Uning ölçami 70 metrga 35 metrni taşkil qiladi. Bayroq 123 metrlik flagştokda örnatilgan. Jiddadagi bayroq esa 2-örinni egallab, uning uzunligi 50 metrni, eni 33 metrni taşkil qiladi.

















