«Çelsi» hujumçisi Diyego Kosta londonliklar uni APL uçun zayavkaga kiritgan bölsada, jamoa ixtiyoriga qaytişni istamayapti.

Ötgan yozgi transfer bozorida Madridning «Atletiko» klubi futbolçini ortga qaytariş uçun urinib körgan, biroq 1 sentabr kuniga qadar davom etgan muzokara muvaffaqiyatsiz yakunlangandi. Endilikda madridliklar futbolçini 2018 yilning 1 yanvaridan boşlab sotib olişi mumkin böladi.

Ispaniyalik futbolçining özi esa bu davrgaça ham «Çelsi» tarkibida öynaşni istamayapti. Ammo Madrid klubi uning bu harakatlarini qöllab-quvvatlamayapti. Ularning fikriça, Diyego Kostaning 3 oy davomida öyin amaliyotisiz qolişi bölajak xaridni ham şubha ostida qoldiradi.

Eslatib ötamiz, oldinroq Antonio Konte Diyego Kostaga SMS orqali xabar yuborib, kelgusi rejalariga uni kiritmayotganini aytgandi. Şundan söng Kosta jamoa maşğulotlariga qöşilişdan boş tortgan va London klubi tomonidan jarimaga tortilgandi.