«Barselona» hujumçisi Lionel Messi klub bilan şartnomasini uzaytirişni istamayapti. Bu haqda ispan matbuoti xabar tarqatmoqda.
Onda Cero radiostansiyasi tvitterining yozişiça, argentinalik futbolçi şartnomasi nihoyasiga qadar töp suradi va keyinçalik jamoani erkin agent sifatida tark etadi. Bu voqea 2018 yilning yozida sodir böladi. Ammo hozirça uning qaysi jamoa safiga borib qöşilişi aniq emas.
Bundan oldinroq, uning «Mançester Siti» safiga borib qöşilişni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Bunga qadar «Barselona» rahbariyati Messining yangi şartnomaga qöl qöyiş uçun kelişib olganini ta'kidlagandi. Ammo keyinroq Lionel Neymarning «PSJ»ga ötib ketişi natijasida rahbariyatidan keskin norozi bölib jamoani tark etiş niyatiga tuşib qolgandi.
Joriy mavsumda 30 yoşli Lionel Messi «Barselona» uçun törtta öyinda maydonga tuşib, uçta gol kiritgan.












