Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Samarqand şahrida Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov haykalining oçilişiga bağişlangan tantanali marosimda nutq sözladi. Nutq matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Aziz vatandoşlar!
Hurmatli Tatyana Akbarovna!
Muhtaram Samarqand ahli!
Bugun – 2 sentabr, Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abduğaniyeviç Karimovning vafot etganiga bir yil töldi.
Şu munosabat bilan keng jamoatçilik, jumladan, jonajon Samarqand ahli vakillari bilan Islom akani yod etib, u kişining yorqin xotirasini abadiylaştiriş uçun bugungi tadbirda yiğilib turibmiz.
Barçamiz yaxşi bilamiz, yil davomida butun xalqimiz, şuningdek, köplab xorijiy davlatlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar rahbarlari va çet ellik fuqarolar Birinçi Prezidentimizning öçmas xotirasiga çuqur hurmat va ehtirom körsatdilar.
Xabarlaringiz bor, kuni keça, Mustaqillik bayrami arafasida, azim poytaxtimiz – Toşkent şahrida, Islom Abduğaniyeviç uzoq yillar faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohi oldida u kişining haykali oçildi.
Bugun esa Birinçi Prezidentimiz tuğilib ösgan, kamolga yetgan va mangu orom topgan Samarqand şahrida Islom akaning siymosi aks etgan haykalni oçayotganimiz el-yurtimizning uşbu uluğ insonga bölgan yuksak hurmat va ehtiromining yana bir amaliy ifodasidir.
Islom Abduğaniyeviçning uluğvor qiyofasi yorqin namoyon bölgan uşbu yodgorlikda u kişi özining donişmand nigohi va mehr töla közlari bilan barçamizga boqib turibdi.
Muhtaram Islom Abduğaniyeviç bamisoli özi uçun behad qadrli bölgan şu diyor ahlini, aziz yurtdoşlarini Mustaqillik va Hayit bayrami bilan tabriklab, barçamizga samimiy tilaklar bildirayotgandek.
Işonçim komil, Islom Abduğaniyeviçning haykali qad kötargan mana şu tabarruk maskan xalqimiz uçun, yurtimizga keladigan ming-minglab aziz mehmonlar uçun muqaddas ziyoratgohga aylanadi.
“Savob işni har kim qilişi kerak, savob işni har kun qiliş kerak” degan da'vatga bir umr amal qilib yaşagan bu uluğ insonning xotirasi, ayni paytda Hazrati Xizr majmuasida barpo etilayotgan tabarruk ziyoratgohlari barçamizni ezgu va xayrli işlarga çorlab turadi.
Mavzuga oid
Qadrli anjuman iştirokçilari!
Islom Abduğaniyeviçning tarix va kelajak oldidagi buyuk xizmatlarini ta'riflab ötirişga hojat yöq, deb öylayman.
Nega deganda, bugungi Samarqand, bugungi Özbekistonning gözal va obod qiyofasi, xalqimiz erişayotgan barça-barça yutuqlar u kişining ana şunday tarixiy xizmatlarini bamisoli közgudek yaqqol namoyiş etib turibdi.
Birinçi Prezidentimiz ötgan asrning 90-yillarida keskin muammolar, millatlararo mojarolar girdobiga tuşib qolgan yurtimizni özining yuksak rahbarlik salohiyati, jasorat va matonati bilan mudhiş fojialardan omon saqlab qoldi, Vatanimizni katta taraqqiyot yöliga olib çiqdi. Bu yölda özining kuç-ğayrati, aql-zakovati, bilim va tajribasini ayamadi.
Bu, heç şubhasiz, tom ma'noda qahramonlik va fidoyilik namunasi bölib, tariximizda mangu muhrlanib qoladi.
Biz barçamiz, butun xalqimiz haqli ravişda Birinçi Prezidentimiz muhtaram Islom aka bilan faxrlanamiz, u kişi boşlagan işlarni mutlaqo yangiça miqyos va talablar asosida davom ettirişni özimiz uçun yuksak burç va mas'uliyat deb bilamiz.
Hurmatli döstlar!
Birinçi Prezidentimiz butun Özbekistonimiz kabi, uning bebaho gavhari bölgan Samarqand zaminini ham farzandlik mehri bilan çin dildan sevar edilar.
Samarqandni dunyodagi eng gözal şaharlardan biriga, haqiqatan ham yer yuzining sayqaliga aylantiriş Islom akaning yuksak orzusi edi.
U kişi şu yölda qisqa muddatda ulkan işlarni amalga oşirganlarini siz, muhtaram Samarqand ahli yaxşi bilasiz, albatta.
Islom aka dunyo miqyosida “Rimning tengdoşi” deb tan olingan Samarqanddek buyuk şaharning şa'nu şavkatiga, öziga tuz-nasiba bergan bu zamin ahliga, uning işonçiga doimo munosib bölib yaşadi.
Biz el-yurtga sadoqat, çinakam vatanparvarlikning oliy namunasini hurmatli Yölboşçimizning öz ona şahriga çeksiz muhabbatida, buning amaliy namoyoni bölgan katta-katta işlarida köramiz.
Jonajon Vatanimiz – Özbekistonimizni, mustaqilligimizni, tinç va obod hayotimizni seviş va qadrlaşni, öz yurtimizga mehr-muhabbatni biz uluğ Yurtboşimizdan örganganmiz.
Birinçi Prezidentimiz mustaqillik yillarida Samarqand şahrini tubdan obod qiliş, uning tarixiy va zamonaviy qiyofasini uyğunlaştirişga qaratilgan ulkan işlarga bevosita rahbarlik qildi.
Imom Buxoriy, Imom Moturidiy yodgorlik majmualarini barpo etiş, Şohi Zinda ziyoratgohi, Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Hazrati Xizr masjidini ta'mirlaş, obod qiliş, yangi uy-joylar, maydon va xiyobonlar, ijtimoiy va madaniy obektlar quriş işlarida Islom akaning beqiyos hissasi borligini, işonaman, Samarqand ahli heç qaçon unutmaydi.
Islom Abduğaniyeviçning taşabbuslari bilan 2007 yili Samarqand şahrining 2750 yillik qutluğ sanasi YuNeSKO iştirokida keng nişonlangani tariximizda yorqin sahifa bölib qoladi.
Kuni keça mana şu muazzam Registon maydonida “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivali öz işini katta muvaffaqiyat bilan yakunladi.
Dunyoning turli qit'a va mintaqalaridagi 60 ga yaqin mamlakatdan kelib, uşbu anjumanda iştirok etgan atoqli siyosat va madaniyat arboblari, maşhur san'at namoyandalari bundan yigirma yil oldin bu festivalga asos solgan Birinçi Prezidentimiz xotirasiga çuqur hurmat bildirib, u kişining xizmatlarini minnatdorlik bilan ta'kidlaganlari, heç şubhasiz, barçamizga ğurur va iftixor bağişlaydi.
Qadrli vatandoşlar!
Roppa-rosa bir yil avval boşimizga oğir qayğu va musibat tuşgan taşvişli kunlarda dunyo ahli biz bilan hamdard bölib, Birinçi Prezidentimizning xotirasiga yuksak ehtirom körsatgani ğoyat muşkul damlarda bizga katta madad berdi.
Nasib etsa, kelgusi yil yanvar oyida Islom Abduğaniyeviç tavalludining 80 yilligini keng nişonlaymiz.
Ana şu qutluğ sana munosabati bilan Samarqand şahrida, Birinçi Prezidentimiz abadiy orom topgan maskanda u kişining şon-şuhratiga munosib tarzda bunyod etilayotgan uluğvor va muhtaşam maqbara majmuasi ham oçiladi. Şuningdek, Qarşi şahrida ham muhtaşam haykal barpo etiladi.
Muhtaram Islom Abduğaniyeviç “Bu hayot, bu umr Amudaryo suvidek tez va şiddat bilan ötib ketadi, lekin insonning ezgu işlari, ezgu xotirasi boqiy yaşaydi” degan çuqur ma'noli sözlarni takror va takror aytar edilar.
Bugun Islom akaning bosib ötgan ibratli hayot yöli, amalga oşirgan xayrli işlarini eslar ekanmiz, bu fikrlar avvalo u kişining özlariga töla daxldor ekanini ta'kidlamoqçiman.
Milliy mustaqilligimizning asosçisi muhtaram Islom Abduğaniyeviçning sönmas xotirasiga qöyilgan eng buyuk haykal – bu mustaqil va suveren, erkin va ozod Özbekiston davlatidir, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz.
Bugun, mana şu muborak Hayit ayyomida barçamiz Olloh taolodan aziz Islom akamiz, mehribon ustozimizning oxiratlarini obod etişni söraymiz.
Men aminman – biz mustaqilligimizni mustahkamlaş, mamlakatimizni yanada obod va farovon qiliş uçun qançalik fidoyilik va qançalik sadoqat körsatib mehnat qilsak, u kişining ruhlari şunçalik şod böladi.
Bugun azim Samarqand şahrida Birinçi Prezidentimizning uluğvor haykalini oçayotgan ekanmiz, bir fikrni ta'kidlab aytmoqçiman: biz – hammamiz, egallab turgan vazifamiz, kasbimizdan qat'i nazar, özimiz faoliyat körsatayotgan sohada Vatanimizga, xalqimizga, Birinçi Prezidentimizga doimo munosib bölişimiz kerak.
Bu borada siz, aziz Samarqand ahli doimo ibrat va namuna bölasiz, deb işonaman.
Mana şu ezgu maqsad yölida barçangizga sihat-salomatlik, kuç va ğayrat, oilaviy baxt tilayman.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi